» » Britaniyada cheklovlarni joriy etishni taklif qilgan epidemiolog iste’foga chiqdi. U o‘z tavsiyasiga amal qilmagan

Britaniyada cheklovlarni joriy etishni taklif qilgan epidemiolog iste’foga chiqdi. U o‘z tavsiyasiga amal qilmagan


Buyuk Britaniya bosh vazirini COVID-19 sabab mamlakatda qattiq cheklovlarni joriy etishga ko‘ndirgan britaniyalik yetakchi epidemiolog Nil Fergyuson hukumat qoshidagi ilmiy kengashdan ketdi, deb yozadi The Daily Telegraph gazetasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fergyuson mamlakatda joriy etilgan masofalanish to‘g‘risidagi qoidani buzgani sabab Britaniya hukumatiga boshqa maslahat bermaydi. Ta’kidlanishicha, Londondagi Imperial kolleji professori o‘z uyida oilali ayol bilan uchrashgan.

Nil Fergyuson — Imperial kolleji matematigi. U COVID-19 pandemiyasi rivojlanishining matematik modelini yaratgan mualliflardan biri hisoblanadi. Fergyuson guruhidagi olimlar cheklov choralarining yengillashtirilishi Buyuk Britaniyada yuz minglab odamning o‘limiga olib kelishini prognoz qilgan. Fergyuson koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida odamlar o‘rasidagi masofani qat’iy saqlash tarafdori bo‘lgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 196 ming kishidan oshgan, 30 mingga yaqin bemor vafot etgan.

Aprel oyining oxirlarida Britaniyada epidemiya cho‘qqisidan o‘tgani, hukumat karantin choralarini yumshatish rejasini tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют