» » O‘zbekistonda bir kunda 26 kishida koronavirus aniqlandi, 76 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi

O‘zbekistonda bir kunda 26 kishida koronavirus aniqlandi, 76 bemor esa koronavirusdan sog‘aydi


O‘zbekistonda 6-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2 kishiga oshib, kasallanganlar 2233 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may davomida O‘zbekistonda jami 26 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Taqqoslash uchun: 5- may 18 kishida, 4-may 40 kishida, 3-may kuni 31 nafar, 2-may kuni 32 nafar, 1-may kuni esa 47 nafar bemorda koronavirus aniqlangan edi.

Shu bilan birga, 6-may kuni mamlakat bo‘yicha 76 kishi koronavirusdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilganlar soni jami 1577 kishiga yetdi. Kun davomida Xorazmda 14 kishi, Toshkentda 9 kishi, Buxoroda 5 kishi, Samarqandda 3 kishi, Andijonda 14 kishi, Namanganda 31 kishi koronavirusdan sog‘aydi.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1577 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 646 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют