» » Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Kvartiralar uylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga bepul beriladi

Sirdaryoda toshqindan talafot ko‘rgan tumanlarda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi. Kvartiralar uylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga bepul beriladi


Sirdaryo viloyatining suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida 50 ta ko‘p qavatli uy qurish rejalashtirilmoqda. Quriladigan uylardagi kvartiralar uylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolarga bepul taqdim etiladi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni “Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishni imzolagan.

Ushbu farmoyishga muvofiq, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.

Prezident maslahatchisi, favqulodda vaziyatlar vaziri Tursinxon Xudoyberganov, bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev komissiya raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. Komissiya tarkibiga bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, qurilish vaziri Botir Zokirov, moliya vaziri Timur Ishmetov, “O‘zbekiston temiryo‘llari” raisi vazifasini bajaruvchi Husniddin Hosilov va boshqalar kiritilgan. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov komissiya tarkibiga kiritilmagan.

Komissiya oldiga yuz bergan falokat oqibatlarini bartaraf etish, yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash, evakuatsiya qilingan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, qurilish ishlari hajmini aniqlash, qishloq xo‘jaligidagi yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va sug‘orish tizimlarini qayta tiklash, to‘g‘on yorilishining sabablarini o‘rganish kabi vazifalar qo‘yilgan.

Farmoyishga muvofiq, boshqaruv organlari va sektor rahbarlariga toshqin yuz bergan hududlarda sutkalik navbatchilik tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berilgan

Moliya vazirligi tomonidan yuz bergan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun Sirdaryo viloyati mahalliy budjetiga dastlabki 100 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Zarur hollarda bu summa oshirilishi mumkin.

Qurilish vazirligi Sirdaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta ichida malakali pudratchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazishi va g‘oliblar bilan ko‘p qavatli uy-joy qurilishi bo‘yicha shartnoma tuzishi kerak.

Sirdaryo viloyat hokimligi uylari toshqin sababli jiddiy zarar ko‘rgan fuqarolarning ro‘yxatini tuzishi hamda ularga davlat budjeti va boshqa moliyalashtirish manbalari, shu jumladan, maqsadli davlat mablag‘lari va budjetni qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobidan quriladigan yangi ko‘p qavatli uylardan bepul xonadonlar ajratishi kerak.

Suv xo‘jaligi va Qurilish vazirliklariga Sardoba suv omborini tiklash bo‘yicha ishlar rejasini ishlab chiqish, to‘g‘ondan suv oqishining oldini olish va suv omborining buzilgan qismini rekonstruksiya qilish topshirildi.

Mavzuga doir: “‘Bajaramiz’, ‘yest’ qilamiz, degan odamlar endi ishlolmaydi. Ko‘p odamlar bilan xayrlashaman” — Shavkat Mirziyoyev

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi.

To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют