» » Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir homilador ayol qiz farzandli bo‘ldi (video)

Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan yana bir homilador ayol qiz farzandli bo‘ldi (video)


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentdagi 3-sonli tug‘ruq majmuasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan homilador ayolning farzandligi bo‘lganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, mazkur tug‘ruq majmuasiga 2020-yil 20-martdan buyon hozirga qadar koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan 57 nafar homilador ayol yotqizilgan va ularning 16 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shu vaqtga qadar 3 ta tug‘ruq bo‘lgan, jumladan, 1 nafarida murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.

“Rosti, boshida koronavirus infeksiyasiga oilaviy chalinganimizda juda xavotirga tushdik. O‘zimdan ham ko‘ra tug‘iladigan farzandimni ko‘p o‘yladim. 3-sonli tug‘ruq majmuasiga olib kelishganida bu yerdagi bilimli va mahoratli tibbiyot xodimlarini ko‘rib, ko‘nglim xotirjam bo‘ldi, ularning mehridan xursand bo‘ldim. Hozirda qizimning ham, mening ham ahvolimiz yaxshi, sog‘-salomatmiz. Fursatdan foydalanib, ushbu tug‘ruq majmuasi tibbiyot xodimlariga chuqur minnatdorlik bildiraman”, — degan baxtiyor ona.

Tug‘ruq majmuasining mas’ul xodimi Komil Jumayevning ta’kidlashicha, mazkur tibbiyot muassasasida xalqaro standartlar asosida davo muolajalari olib borilgan va ayni paytga qadar koronavirusga chalingan 14 nafar bemorning butunlay sog‘ayishiga erishilgan, deyiladi xabarda.

Avval Toshkentda koronavirusga chalingan yuragi xasta homilador ayol farzandli bo‘lgani, 23-aprelda Toshkentda tug‘ruqxonaga borishga ulgurmagan ayol PPX mashinasida farzandini dunyoga keltirgani, shuningdek, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borilgani, ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgani, keyinroq chaqaloqqa viloyat hokimi sovg‘asi topshirilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют