» » O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirdi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi taroveh va juma namozlarini masjidlarda o‘qish boshlanishi haqidagi audioxabar yolg‘on ekanini bildirdi


O‘zbekiston Musulmonlari idorasi jome masjidlarda 2020-yil 6-maydan e’tiboran taroveh va juma namozlari o‘qilishi to‘g‘risida tarqatilayotgan audioxabar yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

Aholi orasida asossiz va yolg‘on xabar tarqatish Islom dini ta’limotlarida qattiq qoralanadi, qonunchilikda esa javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.

Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha fatvosi va Ramazon oyini o‘tkazish bo‘yicha bayonotida juma namozi o‘rniga uyda peshin namozini, besh mahal va Ramazon oyidagi taroveh namozlarini uyda o‘qish haqida alohida qayd etilgan.

Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga mos ravishda masjidlarda jamoat bo‘lib ibodat qilish boshlanishi haqida O‘zbekiston Musulmonlari idorasining rasmiy nashrlari tomonidan e’lon qilinadi.

O‘z navbatida mo‘min-musulmonlarni mana shunday ixtilof, fitna va ikkilanishlarga sabab bo‘ladigan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Alloh taolo barchamizga insof-u tavfiq berib, to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam qilsin!

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida taroveh namozlarini uyda o‘qish tavsiya qilingan, keyinchalik taroveh va juma namozlarining uyda o‘qilishi masalasiga izoh berilgan, karantinga doir fatvolar e’lon qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют