» » Andijonda tulki bolalarini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi

Andijonda tulki bolalarini sotmoqchi bo‘lgan fuqaro jarimaga tortildi


Andijon viloyatining Asaka tumanida tulki bolalarini sotishga uringan fuqaro 1 million 115 ming so‘m jarimaga tortildi.

Andijon viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 17-aprel kuni Asaka tumanida yashovchi fuqaro ijtimoy tarmoqlarda tulki bolalarini sotishini aytib, xabar qoldirgan. Shundan so‘ng boshqarma tomonidan ishchi guruh tuzilib, o‘rganish olib borilgan.

O‘rganish natijasida tulki bolalarini pullamoqchi bo‘lgan shaxs Asaka shahar, “Gulshan” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.S. ekanligi aniqlangan.

Fuqaroning aytishicha, u tulki bolalarini Asaka tumanidagi adirliklardan ushlab, xonadonida saqlab kelgan va sotish maqsadida Telegram’da e’lon bergan.

Ta’kidlanishicha, tulki bolalari sotilishi haqidagi e’londagi suratda tulki bolasi ikkita ekanligi ko‘rsatilgan. Biroq o‘rganish davomida ularning bittasi qochib ketgani ma’lum bo‘lgan.

Tulki bolalarini sotishga uringan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92-moddasi (naslchilikka oid qismiga) asosan jarimaga tortilgan.

Bir dona tulki bolasi esa vaqtincha saqlab turish uchun Xo‘jaobod tumanidagi hayvonot bog‘iga yuborilgan. Katta bo‘lganida ochiq tabiatga qo‘yib yuborish haqida bog‘ ma’muriyati bilan kelishib olingan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют