» » Latviya, Litva va Estoniya 15-maydan ichki chegaralarni ochadi

Latviya, Litva va Estoniya 15-maydan ichki chegaralarni ochadi


Latviya, Litva va Estoniya hukumatlari 15-maydan ichki chegaralarni ochish borasida kelishib oldi. Bu haqda Latviya bosh vaziri Krishyanis Karinsh Twitter’da ma’lum qilgan.

Boltiqbo‘yi mamlakatlariga xorijdan kelganlardan 14 kun davomida majburiy “o‘zini yakkalash” tartibiga amal qilishi talab qilinadi, deya qo‘shimcha qilgan Karinsh.

2020-yil 6-may holatiga ko‘ra, Latviyada 900 nafar odamda koronavirus qayd etilgan, 464 nafar bemor virusdan tuzalgan, 17 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: Latviya armiyasi koronavirus qarshi kurashda ko‘makka tayyorligini bildirdi

Litvada COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan beri 1428 nafar kishi kasallikka chalinib, 718 nafar bemor undan tuzalgan, 48 nafar fuqaro koronavirus oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Estoniyada esa 1713 kishida koronavirus borligi aniqlangan, 264 nafar bemor infeksiyadan forig‘ bo‘lgan va 55 ta o‘lim holati kuzatilgan.

Mavzuga doir: Estoniyada fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlari uchun fuqarolik olish soddalashtirildi

Estoniya, Litva va Latviyaning chegaralari mart oyi o‘rtalaridan karantin sabab yopib qo‘yilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 06:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют