» » Amerikalik erkak farzandlariga namuna bo‘lish uchun topib olgan 14 ming dollarini qaytarib berdi

Amerikalik erkak farzandlariga namuna bo‘lish uchun topib olgan 14 ming dollarini qaytarib berdi


2017-yil 8-aprel kuni Amerikaning Ogayo shtati Kolumbus shahrida yashovchi Jeyk Bauers xotini hamda ikki nafar farzandi bilan bog‘ tomon yo‘l oldi, biroq yo‘l chetida g‘alati sumkaga ko‘zi tushdi. WBNS-TV telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, u topilmada noutbuk bor deya taxmin qilgan va xotinidan to‘xtashini so‘ragan. Ammo sumka yuz dollarlik banknotalar bilan to‘la bo‘lgan, deb xabar qildi TJournal.

Bauersning so‘zlariga ko‘ra, u bir nechta dastadan iborat 14 ming dollar hamda hujjatlar bor hamyonni topib olgan. Jeyk topilma — bu “bolalarga yaxshi namuna bo‘lishning ajoyib imkoniyati” deya hisoblagan, shuning uchun sumkani ko‘tarib darhol politsiya idorasiga yo‘l olgan.

Ushbu pullar bizga mashina uchun olgan kreditimizni yopishda yoki dam olgani biror joyga borishimizda foydasi tegishi mumkin edi, ammo bu pullar kimgadir oziq-ovqat uchun yoki birinchi darajali ehtiyojini qondirish uchun kerak bo‘lishi mumkin.

Jeyk Bauers

Politsiya sumkadagi hujjatlar orqali sumkaning qonuniy egasini topishga muvaffaq bo‘ldi. U o‘sha kuni avtomobil xarid qilgani yo‘l olgan, biroq hech nima sotib olmagan. O‘zining politsiyaga tushuntirishicha, pullarni mashina tomida qoldirib ketgan va yo‘lda sumka tushib qolgan bo‘lishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют