» » Video: Filippinda aholini karantin qoidalariga rioya etishga chaqirayotgan Dart Vayder va shturmchilar

Video: Filippinda aholini karantin qoidalariga rioya etishga chaqirayotgan Dart Vayder va shturmchilar


4-mayda xalqaro “Yulduzlar jangi” kuni nishonlandi. Filippinda mansabdor shaxslar aholini karantin qoidalariga rioya etishga chaqirish uchun ushbu mashhur film qahramonlari obrazida ko‘chaga chiqdi, deb yozadi Reuters.

Dart Vayder boshchiligidagi shturmchilar Filippin poytaxti Manila yaqinidagi bir nechta qishloqqa borib, niqobsiz va ruxsatnomasiz ko‘chaga chiqqan odamlarga tanbeh berdi.

Mansabdorlar shu tariqa cheklov choralariga amal qilish zarurligiga filippinliklar e’tiborini qaratmoqchi bo‘ldi.

The "force" was with this local youth group in the Philippines on May 4th. They spent their Star Wars Day dressed as characters from the franchise to spread a message during the coronavirus pandemic. pic.twitter.com/t2U5oZZlY0

— CBS News (@CBSNews) May 5, 2020

Qayd etilishicha, ular o‘z kostyumlarini rezina gilamchalar va eski plastikdan yasagan.

Bundan tashqari, Dart Vayder va shturmchilar suv toshqinidan aziyat chekkan hududlar aholisiga gumanitar yordam yetkazib berdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют