» » Ibragimovichdan Aleksisgacha. So‘nggi 10 yillikda La Liga doirasidagi “El-Klasiko”larda urilgan eng chiroyli 10 ta gol (video)

Ibragimovichdan Aleksisgacha. So‘nggi 10 yillikda La Liga doirasidagi “El-Klasiko”larda urilgan eng chiroyli 10 ta gol (video)


“Daryo” futbol muxlislarining talab va takliflarini inobatga olgan holda turli musobaqalarda urilgan eng sara gollarni taqdim etib kelmoqda. Ushbu loyihaning navbatdagi sonida “Real” va “Barselona” o‘rtasidagi La Liga doirasida 2009—2019-yillar oralig‘ida o‘tkazilgan “El-Klasiko”larda urilgan eng chiroyli gollar taqdim etiladi. Gollar reytingi La Liga talqiniga ko‘ra tuzib chiqilgan.

2009-yilning noyabrida kechgan bahsda katalon klubi Ibragimovichning mazkur goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Ushbu goldan biroz vaqt o‘tib Serxio Buskets qizil kartochka olib madyonni tark etgan va mezbonlar 30 daqiqa davomida bir kishi kam bo‘lib o‘ynagandi.

Ikkinchi davradagi bahsda Ronaldu jamoasining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunlab, hisobni tenglashtiradi. Biroq ikkinchi bo‘limda Luis Suaresning goli maydon egalarining g‘alabasini ta’minlaydi va keyinchalik bu chempionlik poygasida o‘z so‘zini aytadi. “Barselona” madridliklarni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda chempion bo‘ladi.

Inyesta qiziqarli tarzda kechgan bahsdagi gollar shousini mana shu tariqa ochib beradi. Keyinchalik madridliklar 3:2 hisobida oldinga o‘tib oladi, biroq Serxio Ramosning maydondan chetlatilishidan keyin Leo Messi ikki bor penaltini aniq bajargan holda mehmonlarga g‘alaba keltiradi. Mazkur mavsumda chempionlik “Atletiko”ga nasib etgandi.

Benzema akrobatik usulda gol urgan holda o‘yinda muvozanatni tiklaydi. Keyinchalik Ronaldu bahs yakunlanishi arafasida to‘p kiritgan holda Zinedin Zidan shogirdlariga irodali g‘alabani taqdim etadi va shu tariqa Zidanning “Kamp Nou”dagi omadli seriyasini boshlab beradi. Darvoqe, Krishtianuning golidan ikki daqiqa oldin Ramos qizil kartochka olib maydonni tark etadi.

Juda yuqori saviyada o‘tgan “El-Klasiko”ni ushbu gol yanada bezagandi. Dastlab oldinga o‘tib olgan mezbonlar o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqqani yetmagandek, 77-daqiqada Ramos odatdagidek maydondan chetlatiladi. Biroq biroz vaqt o‘tib, Madrid klubi Xamesning golidan keyin hisobni tenglashtiradi va goldan ruhlangan holda oldinga o‘tib raqibga kuchli bosim o‘tkazadi. 92-daqiqada esa Messi mehmonlarning qarshi hujumini golga aylantirgan holda “Barselona”ga g‘alaba olib keladi.

Birinchi bo‘limda jamoalar bittadan to‘p kiritadi, tanaffus arafasida Serxi Roberto ikki marta sariq kartochka olgan holda maydondan chetlatiladi. Biroq ikkinchi bo‘limni katalon klubi gol bilan boshlaydi, 72-daqiqada esa Beyl ushbu golni urgan holda muvozanatni tiklaydi.

Neymarning zargarona pasidan keyin Andres chiroyli gol urgan holda jamoasining yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shadi.

Madriddagi ushbu o‘yinda dastlab mehmonlar Neymarning 4-daqiqadagi goli evaziga oldinga o‘tib oladi. Keyinchalik mezbonlar bunga uchta to‘p bilan javob qaytaradi. Karim esa jamoasining chiroyli kombinatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlagan holda o‘yinga nuqta qo‘yadi.

Mazkur o‘yinda madridliklar Ronalduning golidan keyin oldinga o‘tib oladi. Messi birinchi bo‘limda hisobni tengashtiradi va 61-daqiqada ushbu shedevrni ijro etadi. Biroq oradan besh daqiqa o‘tib Krishtianu muvozanatni tiklaydi.

Aleksis “Real” darvozaboni Diyego Lopesni dog‘da qoldirgan holda jamoasining g‘alabasini ta’minlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 07:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют