» » Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirish masalasini muhokama qilmoqda

Markaziy Osiyo mamlakatlari Xitoyga gaz yetkazib berishni qisqartirish masalasini muhokama qilmoqda


O‘zbekiston, Turkmaniston va Qozog‘istondagi gaz ishlab chiqaruvchilar koronavirus pandemiyasi natijasida talabning tushib ketgani sababli Xitoyga gaz yetkazib berishni umumiy qisqartirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftegaz” bosh direktori Mehriddin Abdullayev S&P Global Platts axborot agentligiga ma’lum qildi, deb yozadi «Gazeta.uz»

Mehriddin Abdullayevning ma’lum qilishicha, Xitoy gaz yetkazib berishni qisqartirishni so‘ragan, biroq gaz yetkazib berish hajmi Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida proporsional ravishda kamaytirilishini ta’kidlagan.

“O‘zbekneftegaz” rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Xitoyga gaz yetkazib beradigan Markaziy Osiyo mamlakatlarining muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi aniq hajmlarni muhokama qilmoqda. Qaror hali qabul qilingani yo‘q.

Koronavirus tarqalishi ortidan joriy yilda Xitoyning gazga bo‘lgan talabi pasaydi. PetroChina kompaniyasi tomonidan fors-major holati e’lon qilingach, Qozog‘iston mart oyida Xitoyga gaz yetkazib berishni 20-25 foizga qisqartirganini ma’lum qilgan.

Markaziy Osiyodan Xitoyga gaz yetkazib berish o‘tkazish imkoniyati yiliga 55 milliard kubometrni tashkil qiladigan Turkmaniston—O‘zbekiston—Qozog‘iston gaz quvuri orqali amalga oshiriladi.

“O‘zbekneftegaz”ning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoyga yiliga taxminan 10 milliard kubometr gaz eksport qiladi. Xitoy bojxona xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Qozog‘iston Xitoyga 7,1 milliard kubometr gaz yetkazib bergan. Turkmanistonda esa bu ko‘rsatkich 33,2 milliard kubometrni tashkil qilgan.

Uzoq muddatli istiqbolda O‘zbekiston gaz eksportini yaqin o‘n yil ichida butunlay to‘xtatishni va uni mamlakat ichida to‘liq qayta ishlashni rejalashtirmoqda.

“Bizning maqsadimiz — gazni O‘zbekistonda qayta ishlash va gaz asosidagi mahsulotlar qiymatini yaratishning butun zanjiri bo‘yicha maksimal darajada foyda olish”, — deb ta’kidlagan Mehriddin Abdullayev.

Mazkur rejalar doirasida “O‘zbekneftegaz” gazni qayta ishlash bo‘yicha ikkita yirik loyihaga investitsiya kiritmoqda — Oltin Yo‘l GTL loyihasi va Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini kengaytirish. Oltin Yo‘l GTL zavodi 3,6 milliard kubometr gazni qayta ishlaydi, uning qurilishini joriy yilning oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Rejalashtirilgan investitsiyalar hajmi 3,6 milliard dollarni tashkil qiladi. Loyiha xitoylik, rossiyalik va yaponiyalik investorlar ishtirokida amalga oshirilmoqda.

“O‘zbekneftegaz” rahbarining aytishicha, bundan tashqari, yana ikkita zavodning texnik-iqtisodiy asosi tayyorlanmoqda. Birinchisi metanolni olefinga aylantirish texnologiyasi asosida bo‘lsa, ikkinchisi ammiak va karbamid ishlab chiqarish hisoblanadi.

O‘tgan yilda O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi taxminan 60 milliard kubometrni tashkil qilgan. 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni 20 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. “Bu maqsadlarga erishish xorijiy investorlar bilan olib borayotgan yirik geologik qidiruv ishlarimizning natijalariga bog‘liq”, — dedi Mehriddin Abdullayev.

Shuningdek, uning aytishicha, O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar motor yoqilg‘isiga bo‘lgan ichki talabning pasayishiga olib kelgan.

Mamlakatda mart oyining oxirgi 10 kuni va aprel oyida benzinga bo‘lgan talab 60-70 foizga pasaygan. Xususan, talab Toshkent shahrida 70-80 foizga, boshqa viloyatlarda esa 60-65 foizga pasaygan.

Shu davr mobaynida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oshishi natijasida dizel yoqilg‘isiga bo‘lgan talab o‘sgan.

Joriy yilning mart oyi boshida O‘zbekiston Xitoyga gaz yetkazib berishni to‘xtatmagani, lekin koronavirus sabab eksport hajmi qisqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют