» » AQShda COVID-19 yuzasidan muhim kashfiyot qilishga yaqin turgan xitoylik professor o‘ldirib ketildi

AQShda COVID-19 yuzasidan muhim kashfiyot qilishga yaqin turgan xitoylik professor o‘ldirib ketildi


AQSh politsiyasi Pittsburg universiteti tadqiqotchisi Bin Lyuning o‘limi yuzasida tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Olim koronavirus pandemiyasiga sabab bo‘lgan infeksiya haqida muhim kashfiyot qilishga yaqin turgandi. Bu haqda CNN xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra, erkak 2-may kuni o‘z uyidan o‘lik holda topilgan, Lyuning bo‘yin qismi, boshi, tanasi va qo‘l-oyoqlarida o‘qotar quroldan yaralanish alomatlari bo‘lgan.

Tergovchilar Lyuni tanishi otgani va qotillikdan keyin uydan chiqib, mashinasiga o‘tirib o‘z joniga suiqasd qilgan deb hisoblamoqda.

Huquq-tartibot idoralari professorning xitoylik bo‘lgani uchun otib o‘ldirilgani haqidagi taxminlar haqiqatdan yiroqligini bildirgan.

Olimning hamkasblari, Lyuning SARS-CoV-2 hujayra organizmlari va ular chaqiradigan o‘zgarishlarning prinsiplari haqida kashfiyot qilish arafasida bo‘lganini ta’kidlagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют