» » Rossiyada koronavirus kasalligi ayollarga nisbatan erkaklarda og‘irroq o‘tayotgani ma’lum qilindi

Rossiyada koronavirus kasalligi ayollarga nisbatan erkaklarda og‘irroq o‘tayotgani ma’lum qilindi


Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko COVID-19 yuqtirib olgan erkaklarda kasallik ayollarga nisbatan og‘irroq o‘tayotganligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra kasallikning og‘ir shakli, asosan, keksa yoshli va boshqa surunkali xastaligi bor odamlarda ko‘proq uchragan. Bu haqda “Kommersant” xabar bergan.

“Biz koronavirus keltirib chiqaradigan kasallikning og‘ir shakli, asosan, 60 yoshdan oshgan bemorlarda, shuningdek arterial gipertenziya, qandli diabet, ortiqcha vazn to‘plash kabi surunkali xastaligi bor kishilarda ko‘proq uchrashiga guvoh bo‘lyapmiz. Erkaklarda kasallik ayollarga nisbatan og‘irroq o‘tmoqda”,— degan Murashko Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tkazgan majlisda.

Avval vazirlikning bosh epidemiologi Nikolay Briko koronavirusdan qayd etilayotgan o‘limlar soni ayollarga nisbatan erkaklarda ikki baravar ko‘pligini ma’lum qilgandi. AQSh hamda G‘arbiy Yevropadagi statistik ma’lumotlarda ham ayollarga nisbatan erkaklarning ko‘proq vafot etayotgani qayd qilingan.

Mavzuga doir: Xitoylik olimlar koronavirusdan ko‘proq erkaklar vafot etayotganini aniqladi

2020-yil 6-may holatiga ko‘ra oxirgi bir sutka ichida Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 10 599 ta yangi holat qayd etilgan, mamlakatda infeksiya bilan kasallanganlarning umumiy soni 165 ming nafardan oshgan. Epidemiya boshlanganidan beri 1537 nafar kishi kasallik oqibatida vafot etgan, 21 ming nafardan ko‘proq bemor COVID-19’dan tuzalgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 08:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют