» » Londonlik olimlar koronavirusning yangi turi u aniqlanguniga qadar odamlar orasida bo‘lmaganini ma’lum qildi

Londonlik olimlar koronavirusning yangi turi u aniqlanguniga qadar odamlar orasida bo‘lmaganini ma’lum qildi


Koronavirusning yangi turi 2019-yil dekabr oyida ma’lum bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab tez tarqaldi. Bu haqda London universitet kollejining genetika instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda aytilgan, deb yozmoqda Reuters.

Unda aytilishicha, dunyo bo‘ylab 7,5 ming nafar kasallangan bemorlarning biologik materialini o‘rganish natijasida SARS-CoV-2 viruslarining umumiy ajdodlari bo‘lganligi aniqlandi.

Olimlar koronavirus paydo bo‘lish paytini aniq modellashtirgan va 2019-yil oxirida virus hayvondan odamga o‘tdi deb aytishga muvaffaq bo‘ldi.“Shunday qilib, yangi virus u aniqlangunga qadar odamlar orasida bo‘lgani dargumon”, — deb ta’kidlagan tadqiqot ishtirokchilaridan biri bo‘lgan professor Fransua Ballu.

Olimlarning ta’kidlashicha, virus tabiiy mutatsiyalardan o‘tgan bo‘lib, ularning qariyb 200 tasi aniqlangan. “SARS-CoV-2 borgan sari halokatli va yuqumli bo‘lib boryaptimi, yo‘qmi, hozircha ayta olmaymiz. Shunga qaramay, mutaxassislar tomonidan tavsiflangan mutatsiyalar olimlarga koronavirusga qarshi vaksinalar va dorilar ishlab chiqishda yordam berishi lozim”, — degan Ballu.

Reuters tilga olgan Glazgo universiteti (Buyuk Britaniya) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot SARS-CoV-2’ning ikkita shtammi mavjudligini rad etgan. Mart oyida xitoylik olimlar virus ikki va undan ortiq shtammga ega bo‘lishi mumkinligini, biri ikkinchisidan yuqori faolligi va yashovchanligi bilan farq qilishini taxmin qilgandi.

5-may kuni AQSh hukumati koronavirus paydo bo‘lgan joyni aniq ayta olmasligini ma’lum qilgandi. “U Uxandagi virusologiya laboratoriyasida paydo bo‘lganmi yoki dengiz mahsulotlari sotiluvchi bozordami, biz bilmaymiz”, degan edi AQSh Qurolli kuchlari shtab boshlig‘i qo‘mitasi rahbari general Mark Milli. Shuningdek, dalillar uning tabiiy usulda kelib chiqqanini, odamlar tomonidan yaratilmaganini ko‘rsatayotgani aytilgan.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus kelib chiqishini o‘rganish bo‘yicha tekshiruvga JSSTni taklif qilmadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют