» » Xitoyda koronavirus xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan hududlar qolmadi

Xitoyda koronavirus xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan hududlar qolmadi


Xitoyning barcha hududlarida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik xavf pasaydi. Mamlakatda yuqori yoki o‘rta darajadagi tahdid darajasiga ega joylar qolmadi. “RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi ma’lum qilgan.

“7-may kuni soat 00:00 dan Xeylunszyan provinsiyasining Mudanszyan shahar okrugi Linkou uyezdida epidemiologik xavf pasaytirildi”, — deb ta’kidlangan xabarda. Bir kun avval esa Xeylunszyan provinsiyasining Suyfenxe va Xarbin shaharlarida pasaytirilgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaharlarda epidemiologik xavf darajasining pasaytirilishi bilan butun Xitoy hududida o‘rta va yuqori xavf darajali hududlar qolmadi.

Aprel oyida Xitoy hukumati mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 90 foizidan ortig‘i tuzalganliginin ma’lum qilgandi. O‘sha vaqtda kasalxonalarda ming kishidan kamroq bemor qolgandi.

Xitoy Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-may kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bo‘yicha 83 968 ta holat qayd etilgan. 77 957 kishi sog‘ayib, kasalxonadan javob berilgan, bemorlarning 4 633 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir: Turizm va sayohatlarga yana ruxsat berilgan Xitoy — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют