» » O‘zbekistonda yig‘ilgan Chevrolet modellarining Rossiya bozorlarida sotuvga chiqish muddati kechiktirildi

O‘zbekistonda yig‘ilgan Chevrolet modellarining Rossiya bozorlarida sotuvga chiqish muddati kechiktirildi


UzAuto Motors kompaniyasi Rossiyada Chevrolet avtomobillar savdosini boshlay olmadi. Savdolarning boshlanmasligiga sertifikatlash bilan bog‘liq muammolar, oldingi Ravon markasining qarzlari, shuningdek, hozirda ham davom etayotgan koronavirus epidemiyasi kabi omillar sabab bo‘lmoqda, deb xabar beradi Motor.

UzAuto Motors General Motors’ning Rossiyadagi vakolatxonasi mart oyidayoq bozorga chiqishni rejalashtirgan edi. Rossiyada paydo bo‘lishi kerak bo‘lgan Chevrolet’ning dastlabki modellari orasidan Spark, Nexia va Cobalt o‘rin olgandi. Ular Ravon R2, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 modellarini mos ravishda almashtirishi kerak edi.

Biroq COVID-19 epidemiyasi va karantin choralari sabab O‘zbekiston o‘z vaqtida avtomobillarni Rossiyaga yetkazib bera olmadi. Modellarning Rossiya bozoriga chiqishi kamida yoz faslining o‘rtalariga qadar qoldirildi. Koronavirusga oid vaziyat yaxshilanmasa, Chevrolet modellarining Rossiyada paydo bo‘lishi yanada uzoqroq muddatga suriladi.

O‘tgan yillar davomida Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish borasida muntazam muammolar paydo bo‘lgani sabab hozirda UzAuto Motors’ni rossiyalik dilerlar qo‘llab-quvvatlamayapti. Bularning barchasi yaqin kelajakda O‘zbekistonda yig‘ilgan Chevrolet rusumidagi avtomobillarning rus bozoriga kirishiga deyarli imkon bermasligi mumkin.

Avvalroq UzAuto Motors Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020-yilning o‘rtalariga kelib to‘xtashi haqida xabar bergandi.

Mavzuga doir: UzAuto Motors Qozog‘istonda Chevrolet ishlab chiqarishni boshladi

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabrida Ravon Rossiya bozoriga qaytayotgani ma’lum qilingandi. Ma’lumot uchun, 2015-yil kuzida “O‘zAvto” kompaniyasi eskirgan UZ-Daewoo o‘rnida yangi Ravon brendidagi avtomobillar ishlab chiqarilishini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют