» » Olimlar 13 yildan beri koalalarning qanday suv ichishini aniqlay olmayotgan edi. Birgina video ushbu sirni oshkor qildi (video)

Olimlar 13 yildan beri koalalarning qanday suv ichishini aniqlay olmayotgan edi. Birgina video ushbu sirni oshkor qildi (video)


Avstraliyaning Sidney universiteti qoshidagi atrof-muhit va hayot haqidagi fanlar maktabi biologlari koalalar qanday suv ichishini 13 yil o‘rgandi. Uzoq vaqt ular koalalarga ko‘p suv kerak emas, degan fikrda edi. Biroq may oyining boshida holatga oid yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Independent.

Uzoq yillik o‘rganishlardan so‘ng olimlar koalalar o‘ziga zarur bo‘lgan suv miqdorini evkalipt barglaridan oladi, degan xulosaga kelgan edi. Chunki jonivorlarning suv havzasi yonida turganini avval hech kim ko‘rmagan.

Tadqiqotchilar jonivorlarning pitomniklarga o‘rnatilgan maxsus havzalardan suv ichayotganini ko‘rgan, biroq buni norma sifatida qabul qilib bo‘lmas edi.

2020-yilning mayida yomg‘ir yog‘ayotgan paytda daraxtni yalayotgan koala videoga olindi. Ushbu tasvirlar Liverpul shahrida qayd etilgan.

“Uzoq yillardan beri biz koalalar ko‘p suv ichmaydi, ular o‘zlariga kerakli suvni evkalipt barglaridan oladi, deb o‘ylardik. Biroq endi biz koalalarning suv oqayotgan daraxtni yalayotganini ko‘rdik. Bu video koalalarning yovvoyi tabiatda qanday suv ichishi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yubordi. Bu juda qiziq”, — deydi biolog Valentina Mella.

Olima yangi tadqiqot koalalar uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan evkalipt daraxtlarining kesilishdan saqlab qolishiga yordam beradi, deb umid qilmoqda.

“Bilamizki, koalalar daraxtlardan o‘zining barcha ehtiyojlari, xususan, oziqlanish, dam olish, ko‘zdan yiroq bo‘lish uchun foydalanadi. Bu tadqiqot esa daraxtlar koalalarga suv manbai sifatida ham zarurligini ko‘rsatdi”, — deydi Mella.

Mavzuga doir: Braziliyada yovvoyi tabiatda yuz yil deganda ilk marta tapir dunyoga keldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют