» » Paulo Dibala bir yarim oylik davolanishdan keyin koronavirusdan tuzaldi

Paulo Dibala bir yarim oylik davolanishdan keyin koronavirusdan tuzaldi


“Yuventus” hujumchisi Paulo Dibala koronavirusni yengib o‘tdi. Bu haqda turinliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

21-mart kuni Dibala o‘zida koronavirus infeksiyasi topilganini ma’lum qilgandi. Aprel oyi oxirida futbolchining qon tahlili to‘rtinchi bor virusga ijobiy natija bergani xabar qilingandi.

Endilikda 26 yoshli futbolchi butkul tuzalgan va uy izolyatsiyasidan ozod etilgan. Bu ma’lumotni Dibalaning o‘zi ham tasdiqlagan.

“So‘nggi haftalarda ko‘plab gap-so‘zlar bo‘ldi, biroq tuzalganimni tasdiqlayman. Qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat. Hozirda mening xayollarim kasallikdan aziyat chekayotgan odamlarda. O‘zingizni asrang”, — deya yozadi Dibaba.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi o‘rtalarida “Yuventus”ning ikki nafar futbolchisi Daniele Rugani va Blez Matyuidi COVID-19 virusidan xalos bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют