» » Xitoyda koronavirusga chalinganlar 8 nafarga, Janubiy Koreyada esa 4 nafarga ko‘paydi

Xitoyda koronavirusga chalinganlar 8 nafarga, Janubiy Koreyada esa 4 nafarga ko‘paydi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 6 ta holat aniqlandi, 46 nafar bemor tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Yangi kasallanish bo‘yicha har ikki holat chetdan yuqtirilgan bo‘lib, ulardan biri Shanxayda, ikkinchisi Guandunda qayd etilgan. Mamlakatda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha jami 1 680 ta holat aniqlangan bo‘lib, ayni paytda bemorlarning 246 nafari davolanmoqda, 5 nafari og‘ir ahvolda.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 970 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 929 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Shuningdek, yana 6 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda, bunday kishilarning yana 880 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Xitoyda koronavirus xavfi o‘rta va yuqori darajada bo‘lgan hududlar qolmadi.

Mavzuga doir: Xitoyda “Mebius tasmasi” nomini olgan ko‘prik ochildi (video)

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 4 ta holat aniqlandi, 86 kishi tuzaldi, 1 kishi vafot etdi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 810 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9 419 nafari sog‘aygan, 256 nafari vafot etgan.

Mamlakatda deyarli ikki haftadan buyon koronavirusga chalinish bo‘yicha har kuni 10 ga yaqin holat aniqlanmoqda. Faqat 24-aprel kuni bu ko‘rsatkich 6 kishiga teng bo‘lgan. 30-aprel kuni esa Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Shuningdek, kamida 356 kishining organizmida ular tuzalganidan keyin ham virus saqlanib qolgani kuzatilgan. Avvalroq organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligi aniqlangandi. Koronavirusdan tuzalgan odamlar qayta kasallanishdan himoyalanganliklarini isbotlovchi dalillar yo‘qligi haqida JSST ham ogohlantirgandi.

Janubiy Koreya 6-maydan boshlab faqat ehtiyotkorlik va profilaktika choralariga rioya qilishni ko‘zda tutuvchi “kundalik hayotdagi karantin” rejimiga o‘tdi. Maktab va jamoat muassasalari kichik tuzatishlar bilan odatiy faoliyatiga qaytmoqda. Ammo fuqarolar virus yuqishining oldini olish uchun masofa saqlash, qo‘llarni dezinfeksiyalash, niqob taqish kabi asosiy profilaktik choralarga rioya etishlari lozim.

Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning eng yuqori “qizil” darajasi o‘z kuchida qoladi, ammo uni kamaytirish masalasi sharoit o‘zgarishiga qarab ko‘rib chiqilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют