» » “Ipak yo‘li” AITB Niderlandiyaning FMO banki bilan kredit shartnomasini imzoladi

“Ipak yo‘li” AITB Niderlandiyaning FMO banki bilan kredit shartnomasini imzoladi


Niderlandiyaning FMO taraqqiyot banki “Ipak yo‘li” bankiga o‘zbek so‘miga ayirboshlash imkoniyatini yaratgan xolda umumiy qiymati 5 million AQSh dollarga teng bo‘lgan miqdorida yana bir kredit liniyasini ajratilishi to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Mazkur kelishuv bankka O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishni yanada takomillashtirishga va kengaytirishga imkoniyat yaratib beradi.

FMO bankining moliya institutlari bo‘yicha direktori janob Uib Yan de Ruyter quyidagilarni ta’kidladi: “Biz O‘zbekistondagi ko‘p yillik hamkorimiz bo‘lgan ‘Ipak yo‘li’ banki bilan navbatdagi kelishuv tuzilganligidan juda ham mamnunmiz. FMO banki xususiy sektorda bo‘lgan tadbirkor ayollarni, yosh tadbirkorlarni, qishloq xo‘jalikdagi mijozlarni qo‘llab-quvvatlash hamda mikromoliyalashtirishni takomillashtirishda ‘Ipak yo‘li’ bankining to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”.

FMO tomonidan ajratilgan kredit mablag‘lari tengsizlikni kamaytirish orqali quyidagi talablarga asosan loyihalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi:

- kichik korxonalarga;

- qishloq xo‘jaligi korxonalarga;

- tadbirkor ayollarga;

- 35 yoshgacha bo‘lgan yosh tadbirkorlarga.

“Biz FMO bankini ‘Ipak yo‘li’ bankining ishonchli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz. Ushbu shartnoma qisqa vaqt mobaynida imzolangan uchinchi shartnoma bo‘lib, mamlakatimizdagi xususiy sektorni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun kredit resurslarini kengaytirish imkoniyatini yaratib beradi, bu esa mahalliy tadbirkorlarga COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini yumshatishga yordam beradi”, — deb ta’kidlab o‘tdi “Ipak yo‘li” bankining boshqaruv raisi Saidabror Saydahmedov.

“Ipak yo‘li” banki 2019-yilning avgust oyida FMO bankidan 20 million AQSh dollar, shu yilning mart oyida esa 15 million AQSh dollar miqdoridagi shu kabi kredit liniyalarini jalb qilgan. “Ipak yo‘li” banki FMO banki bilan 2013-yildan buyon o‘zaro manfaatli va muvaffaqiyatli hamkorlik olib bormoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют