» » Islandiyada koronavirus tarqalishi tugatilgani ma’lum qilindi

Islandiyada koronavirus tarqalishi tugatilgani ma’lum qilindi


Islandiyada koronavirus tarqalishi deyarli yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”. Hukumatning 6-may kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlarning 97 foizi sog‘aygan.

“Islandiyada COVID-19 uchun test natijasi ijobiy chiqqan 1799 kishidan 1750 nafari virusdan xalos bo‘ldi. Afsuski, kasallik o‘nlab kishilar umriga zomin bo‘ldi”, — deyiladi hukumat bayonotida.

Qayd etilishicha, ayni paytda mamlakatda kasallangan 39 kishi qolgan, ularning 3 nafari kasalxonada, lekin ularning sog‘lig‘iga jiddiy xavf yo‘q.

Mamlakatda 4-maydan boshlab 16-martda joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlangan.

Avvalroq Vyetnamda aprel oyi oxirlarida bir hafta davomida koronavirusga chalinish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagani uchun mamlakatda joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlangani haqida xabar berilgandi.

Yevropaning bir necha davlatlari ham yaqin kunlarda karantin choralarini bekor qilishga tayyorlanmoqda. Italiya 4-maydan karantin cheklov choralarini yengillashtirishni boshladi. Fransiya 11-maydan karantinni bekor qilishni rejalashtirgan bo‘lsa, Belgiyada shu kuni do‘konlar ochilishni boshlaydi, maktablar esa keyinroq ishga tushadi.

Avstriyada 1-maydan boshlab izolyatsiya rejimi bekor qilindi. Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib chegaralarini ochib, fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat berdi.

Turkiyadagi barcha asosiy sanoat korxonalari 11-may kunidan boshlab o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yadi. Moskvada 12-maydan sanoat korxonalari faoliyatini qayta boshlaydi, lekin boshqa cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

O‘zbekistonda esa 7-may kuni Respublika maxsus komissiyasining karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha axboroti e’lon qilindi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют