» » Video: 1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiquvchi Porsche modeli

Video: 1,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiquvchi Porsche modeli


Ko‘pchilik Tesla Model S elektrokari eng zo‘r superkarlarni “dabdalasini” chiqarishiga o‘rganib qolgan. Biroq Bahrayndagi EKanoo Racing kompaniyasining modifikatsiyalashgan Porsche 911 Turbo S modeli o‘zining barcha seriyali “akalari uchun” qasos olishga qodir, deb xabar beradi CARakoom.

Standart jihozlari bilan 911 Turbo S dunyodagi eng tezkor avtomobillardan biri hisoblanadi, biroq EKanoo Racing tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar uni mutlaqo yengilmasga aylantirgan.

Yorqin ko‘k rangli Porsche o‘tkazilgan sinov vaqtida 60 mil/soat tezlikka (96 km/soat) 1,87 soniyada, keyinroq 130 mil/soat tezlikka (209 km/soat) 5,31 soniyada erishgan.

Avtomobil soatiga 100 kilometr tezlikka 5 soniyada chiqa olsa, u juda tezkor hisoblanadi. Ammo Porsche buni ikki barobar kamroq vaqt ichida uddalagan. Sinov vaqtida avtomobil chorak milni finishdagi 169,37 mil/soat tezligi bilan (273 km/soat) 8,443 soniyada bosib o‘tgan.

Mazkur Porsche 911 Turbo S ancha yillardan buyon Bahraynda poygalarda ES1XXX nomi ostida qatnashib keladi. Superkar dvigateli Turkiyaning Esmotor kompaniyasi tomonidan qayta ishlangan bo‘lib, 1073 ot kuchi va 1393 Nm aylanuvchi momentga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют