» » Internetda Toshkent shahar IIBB nomidan karantinga oid yolg‘on xabarlar tarqalmoqda

Internetda Toshkent shahar IIBB nomidan karantinga oid yolg‘on xabarlar tarqalmoqda


Toshkent shahar IIBB internetda karantin choralari borasida idora nomidan yolg‘on xabar tarqalayotganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Telegram’da Toshkent shahar IIBB nomidan “Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 10-maygacha kiritilgan cheklovchi tadbirlari (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kiritilgan kuchaytirilgan tartib 2020-yilning 25-mayiga qadar uzaytirilganini ma’lum qilamiz”, degan xabarlar tarqaldi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu yolg‘on xabar bo‘lib, buni tarqatgan manba noma’lum.

“Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ta’kidlash kerakki, Toshkent shahar IIBB karantin rejimiga oid yangiliklarni o‘zining axborot resurslariga faqatgina koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan ma’lumotlarni joylashtiradi. Fuqarolarimizdan o‘z shaxsini yashirayotgan manbaga ishonmaslik so‘raladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan cheklovchi tadbirlar (karantin) hamda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib 10-mayga qadar uzaytirilgan.

Ma’lumot uchun, kasallanish holatlari soni kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan O‘zbekiston hukumat karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют