» » Video: Sardoba suv omboridagi falokatning bartaraf etilish jarayoni

Video: Sardoba suv omboridagi falokatning bartaraf etilish jarayoni


Internetda 1-may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv to‘g‘onining buzilib, suv toshib chiqqan joyini to‘g‘irlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Vertolyotdan turib olingan videodan ko‘rish mumkinki, to‘g‘onning buzilgan qismi yaqinida ko‘plab texnikalar to‘plangan bo‘lib, ular falokatni bartaraf etishga safarbar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori dambasining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgandi. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bunda, asosan, suv ekin maydonlariga zarar yetgan.

Mavzuga doir: Sardoba suv omboridan toshib chiqayotgan suv. Vertolyotdan olingan video

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan, hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют