» » Buffondan Azargacha. Antonio Kontening eng ishongan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa

Buffondan Azargacha. Antonio Kontening eng ishongan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa


Transfermarkt portali “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte qo‘l ostida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Mazkur terma jamoadan Kontening faqat “Yuventus” va “Chelsi”dagi sobiq shogirdlari o‘rin oldi.

Italiyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko‘p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Leonardo Bonuchchi bo‘ldi. Himoyachi “Yuventus”da vatandoshi qo‘l ostida to‘p surgan hamda ularda jami 136 o‘yin o‘tkazgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Janluiji Buffon (130 o‘yin);

Himoyachilar: Markos Alonso (81), Jorjio Kyellini (117), Leonardo Bonuchchi (136), Sesar Aspilikueta (99);

Yarim himoyachilar: Andrea Pirlo (119), Arturo Vidal (111), Klaudio Markizio (113);

Hujumchilar: Eden Azar (94), Villian (96), Mirko Vuchinich (81).

Ma’lumot uchun, Antonio Konte murabbiylik faoliyati mobaynida “Siena”, “Atalanta”, “Yuventus” va “Chelsi” kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis “Inter” ustozi hisoblanadi. Shuningdek mutaxassis Italiya terma jamoasiga ham bosh murabbiy bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют