» » AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

AQShga ko‘chib ketgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)


So‘nggi yillarda o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari AQShga ko‘chib ketayotgani kuzatilmoqda. Quyida kimlar O‘zbekistondagi mashhurlikdan voz kechib, shtatlardagi muhojirlik hayotini tanlayotgani haqida so‘z yuritamiz.

Otabek Madrahimov

90-yillarning oxirlarida “Kelinchak”, “Budur“ kabi qo‘shiqlari bilan millionlab muxlislar qalbini zabt etgan taniqli xonanda Otabek Madrahimov AQShga ko‘chib ketganiga 7 yil bo‘ldi. U hozirda oilasi bilan Filadelfiya shahrida yashaydi.

Mavzuga doir: Otabek Madrahimov AQShga ko‘chib ketgani haqida: O‘zbekistondagi nohaq “zapret”larga 15 yil chidadim

Gulchehra Eshonqulova

“Fotima va Zuhra”, “Shabnam”, “Panoh” kabi filmlardagi betakror obrazlari bilan tanilgan aktrisa Gulchehra Eshonqulova ham bir necha yildan beri AQShning Nyu-York shtatida yashaydi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i Sharof Sharapov bilan ikki farzandni tarbiyalab kelmoqda.

Aktrisaning Instagram’dagi sahifasi bloklangani uchun, u turmush o‘rtog‘ining sahifasidan muxlislariga murojaat yo‘llab, karantindan keyin o‘zi ishtirokidagi 4 yil davomida suratga olingan film taqdimoti o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: AQShdan aloqaga chiqqan Gulchehra Eshonqulova, negativ izohlardan dili og‘rigan Rayhon, Ozodbek Nazarbekovdan minnatdorchilik. Mashhurlar karantinda (foto+video)

Ulug‘bek Qodirov

“Fotima va Zuhra”, “O‘yin”, “Dada”, “Baron” kabi filmlarda bir-birini takrorlamaydigan obrazlar yaratgan aktyor Ulug‘bek Qodirov ham oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan.

Mavzuga doir: Habibulla Nizomov aktyor Ulug‘bek Qodirovning AQShga ketib qolgani haqida: Uni xafa qilishdi

“Setora” guruhi xonandasi Feruza Latipova

O‘zbek estradasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli guruh xonandasi Feruza Latipova AQShning Pensilvaniya shtatida istiqomat qiladi. Feruza Amerikadagi o‘zbeklarning to‘ylari va turli oilaviy tadbirlarida qo‘shiq kuylaydi.

Mavzuga doir: Sobiq “Setora”chi Feruza Instagram’da guruhning afsonaviy xit qo‘shig‘ini ijro etib berdi (video)

Sherzod Bin

Taniqli aktyor va parodist Sherzod Bin (Saydialiyev) hozirgi kunda AQShning Pensilvaniya shtati Holland shahrida yashaydi. U shtatlarda o‘zbek taomlari restoranini ochgan.

Mavzuga doir: AQShda yashayotgan yana bir aktyor Sherzod Bin O‘zbekistondan ketgani haqida: Menda halovat yo‘q edi

Sobirjon Mo‘minov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sobirjon Mo‘minov oilasi bilan AQShning Nyu-York shahrida yashaydi. Xonanda o‘zbek to‘ylari va turli madaniy tadbirlarda ishtirok etadi.

Mavzuga doir: Sobirjon Mo‘minov AQShga ko‘chib ketishi sababi va u yerda nima ish bilan shug‘ullanayotgani haqida so‘zlab berdi

Ahmad Berdimurodov

“Shaytanat” serialidagi Jamshid obrazi bilan elga tanilgan aktyor Ahmad Berdimurodov AQShning Kaliforniya shtatida yashaydi. Aktyor, shuningdek, “Panoh”, “Sevginator”, “Qalbim o‘g‘risi” kabi filmlarda ham esda qolarli obrazlarni gavdalantirgan.

Mavzuga doir: “Shaytanat” serialining 21-qismi treyleri

Nigina Nabiyeva

“Olmali aymoqcha” qo‘shig‘i bilan tanilgan Nigina Nabiyeva oilasi bilan AQShning Tennessi shtatida yashaydi. Nigina nafaqat xonanda, balki o‘zbek estradasidagi ko‘plab xit taronalar muallifi hamdir. Hozirda u ikki farzandining tarbiyasi bilan mashg‘ul.

Gulnora Qosimova

“Qaytar dunyo” seriali, “Notanish”, “Iblis devori”, “Mening akam bo‘ydoq” filmlarida turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantirgan aktrisa Gulnora Qosimova bir necha yillardan beri AQShda yashaydi. Aktrisa hozirda ikki o‘g‘il farzandni tarbiyalamoqda.

Abduvohid G‘aniyev

“Poyga”, “Taqdirlar”, “Sevginator”, “Dada”, “O‘zimdan o‘zimgacha”  kabi filmlar rejissori Abduvohid G‘aniyev ham AQShga ko‘chib ketgan.

Ravshan Hakimov

Taniqli boshlovchi Ravshan Hakimov AQShning Filadelfiya shahrida yashaydi.

Sohib Abbosxon

“Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan aktyor va rejissor Sohib Abbosxon ham AQShda yashaydi. U shtatlarda biznes bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: Sohib Abbosxon AQShda mehmonxonada suvoqchilik qilgani va qizining so‘zlari uni yig‘latgani haqida gapirdi (video)

Shaxriyor 

Reper Shaxriyor ham bir necha yildan beri AQShda yashab kelmoqda.

Mavzuga doir: Turkiyaga kelin bo‘lgan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют