» » Buxoroda tabiiy ofat oqibatida jiddiy zarar yetgan 200 dan ortiq ko‘p qavatli uylarni tiklash ishlari davom etmoqda

Buxoroda tabiiy ofat oqibatida jiddiy zarar yetgan 200 dan ortiq ko‘p qavatli uylarni tiklash ishlari davom etmoqda


27-aprel kechasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qorako‘l tumanlarida kuzatilgan yomg‘ir aralash kuchli shamol oqibatida viloyat bo‘yicha 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha obyektlariga, ekin maydonlariga zarar yetgan, yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish ishlariga davlat budjetidan 100 milliard so‘m ajratilgandi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyatida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish, hayotiy muhim obyektlar va tizimlarni, jumladan, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ishchanlik holatiga keltirish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. Kuchli shamol oqibatida zarar yetkazilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash, uylarga tutash hududlardagi obyektlarni qayta tiklash ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Buning uchun Buxoro viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasida tezkor shtab tashkil etilib, birinchi navbatda yetkazilgan zarar va yo‘qotishlar miqdorini aniqlash va baholash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Tezkor shtab tomonidan tashkil etilgan o‘rganishlar jarayonida viloyatdagi mavjud 1 881 ta ko‘p kvartirali uy-joylarning 204 tasiga jiddiy zarar yetkazilgani aniqlangan. Jumladan, tabiiy ofatdan eng ko‘p miqdorda zararlangan Olot tumanidagi “Xalqobod” MFY hududida joylashgan 26 ta ko‘p kvartirali uylarning 25 tasi, Qorako‘l tumanidagi 29 ta ko‘p kvartirali uylarning 27 tasida tom qismi zararlangani qayd etilgan.

“Tabiiy ofat elektr energiyasi ta’minoti, aloqa va tabiiy gaz yetkazib berish tizimlarini ishdan chiqarib, suv ta’minoti inshootlari va quvurlariga ham sezilarli darajada shikast yetkazgani ma’lum bo‘lgach, o‘sha kunning o‘zidayoq zaxira kuch-vositalar jalb qilinib, Olot va Qorako‘l tumanlarining barcha aholi yashash maskanlariga tashima suv yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Oradan ikki kun o‘tib esa tezkor ta’mirlash-tiklash guruhlari tomonidan avariya holatlari bartaraf etilib, aholining ichimlik suv ta’minoti qayta tiklangan.

Ana shu qisqa fursatda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi tashabbuskorligidagi mutasaddi tashkilotlar hamkorligida Olot va Qorako‘l tumanlaridagi jami 52 ta ko‘p kvartirali uylarning tom qismini tezkorlik bilan tiklash maqsadida 13 ta pudrat tashkilotlari jalb qilinib, ayni kunda barcha uylarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Shundan 2 ta uyning tom qismi to‘liq tiklanib, 15 ta ko‘p kvartirali uylarning profnastilgacha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlari ham yakunlandi” — deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasining tumanlardagi bo‘limlari sa’y-harakati bilan pudratchi tashkilotlar jalb qilinib, Buxoro shahridagi 8 ta, Kogon shahridagi 3 ta, Peshku tumani markazidagi 4 ta, Shofirkon shaharchasidagi 3 ta va Jondor tuman markazidagi 1 ta ko‘p kvartirali uylarning tom qismlari to‘liq tiklangani ta’kidlangan.

Avvalroq viloyatda 70 foiz ijtimoiy obyektlar tomi yopilgani, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 1100 ta transformator ta’mirlanib, 286 ming aholining elektr ta’minoti tiklangani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют