» » “Uyda qoling yoki kelib biz bilan raqsga tushing!”. Mashhur memdagi tobutkashlar pandemiya munosabati bilan murojaat yo‘lladi (video)

“Uyda qoling yoki kelib biz bilan raqsga tushing!”. Mashhur memdagi tobutkashlar pandemiya munosabati bilan murojaat yo‘lladi (video)


Ganalik raqsga tushuvchi tobutkashlar koronavirus pandemiyasi munosabati bilan odamlarga murojaat yo‘lladi, deb yozadi Esquire.

Murojaatda ular butun dunyo shifokorlariga mashaqqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildirib, chapak chalgan. Bundan tashqari ular odamlardan uyda qolishni yoki kelib ular bilan raqsga tushishni so‘ragan.

Aprel oyining boshida internetda raqsga tushadigan qora tanli tobutkashlar haqidagi mem juda mashhur bo‘lib ketdi.

Video Directed by Robert B. Weide memi an’anasini davom ettirdi, uni omadsizlik bilan yakunlanadigan yoki o‘ta xavfli roliklarga nisbatan qo‘llay boshlashdi.

Raqsga tushadigan tobutkashlar ishtirokidagi video internetda ilk marta 2017-yilda paydo bo‘lgan. Videoni ilk bora Ganadagi (G‘arbiy Afrikadagi respublika) g‘ayrioddiy an’ana haqida so‘zlab bergan trevel-bloger Travelin Sister e’lon qilgan edi. Mahalliy aholi vakillari dafn marosimiga sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga tushadigan tobutkashlarni yollab, marhumni so‘nggi yo‘lga kuzatadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют