» » Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-may kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma‘lum qilinishicha, muloqot O‘zbekiston tomonining tashabbusi bilan tashkil qilingan.

Suhbat chog‘ida Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabalar, xususan, front chizig‘i askarlari va front ortidagi mehnatkashlarning jasorati xotirasini saqlash muhimligini ta‘kidlandi.

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilish chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston infeksiyaning tarqalishiga qarshi kurashda bir-biriga ko‘rsatgan yordami uchun yuksak minnatdorchilik bildirildi. Ushbu yo‘nalishda yaqin hamkorlikni davom ettirish niyati ta‘kidlandi.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikka oid boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют