» » Tramp Eronga qarshi kuchlarni ishlatishni taqiqlovchi cheklovga veto qo‘ydi

Tramp Eronga qarshi kuchlarni ishlatishni taqiqlovchi cheklovga veto qo‘ydi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat qurolli kuchlaridan Eronga qarshi foydalanish vakolatini cheklovchi Kongressning rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga tayanib, Axios xabar berdi.

Tramp rezolyutsiyani “o‘ta haqoratli” deb atab, buni demokratlarning respublikachilar partiyasini parchalashga va 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishga qaratilgan strategiyasining bir qismi ekanligi bilan izohlagan.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, rezolyutsiya “qonunchilik va faktlarni noto‘g‘ri tushunish”ga asoslangan va AQSh Eronga qarshi kuch ishlatmaydi. Ta’kidlanishicha, 2020-yilning boshida Eron generali Qosim Sulaymoniyning yo‘q qilinishi borasidagi operatsiya mutlaqo qonuniy bo‘lib, u 2002-yilda Iroqda harbiy kuchlardan foydalanish to‘g‘risidagi rezolyutsiya bilan tasdiqlangan.

Mazkur rezolyutsiyani yanvar oyining boshlarida senator-demokrat Tim Keyn ishlab chiqqan. Bunga Trampning buyrug‘i bilan Eron generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlar 2019-yilda Eron yadroviy kelishuvdan chiqqanida keyin keskinlashgandi. General Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilganidan keyin davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaydi.

Shundan so‘ng, Eron yadroviy kelishuvga qo‘yilgan so‘nggi cheklovlardan voz kechishini e’lon qildi. Keyin Tehron Iroq shimolidagi va Bag‘doddagi Amerika harbiy bazasiga zarba berdi. 8-yanvar kuni Eronning havo mudofaasi tizimi AQShning qanotli raketasi deb o‘ylab Ukraina xalqaro aviakompaniyasining Boeing 737 samolyotini urib tushirdi. 10-yanvar kuni Vashington Eronga qarshi yangi sanksiyalar tizimini joriy etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют