» » “Jeyms Bond” filmidagi noyob Land Rover Defender kimoshdiga qo‘yiladi

“Jeyms Bond” filmidagi noyob Land Rover Defender kimoshdiga qo‘yiladi


23-may kuni o‘tkaziladigan Silverstone Auctions tadbirida Bowler kompaniyasi tomonidan Land Rover Defender 110 bazasida yaratilgan noyob pikap taqdim etiladi, deb xabar qiladi Autorambler.

Razvedka agentli Jeyms Bondning sarguzashtlari haqida 2015-yili yaratilgan “007: Spektr” filmini ko‘rganlar ushbu modelni suratlari orqali tezda tanib oladi — yovuz kimsalar shu turdagi ikki yo‘ltanlamas va Range Rover Sport’da samolyotni boshqarib ketayotgan britaniyalikning ortidan quvgani tasvirlangan. Avtomobillar Bowler kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, 2019-yilda uni Land Rover markasi sotib olgan.

Suratga olish ishlari uchun avtomobillar modifikatsiyaga ucharagan, 37 dyuymli shinalar o‘rnatilgan, kuzovning orqa qismi va xavfsizlik karkasi qirqilgan, turbodizel dvigatel quvvati esa 122 ot kuchidan 180 ga qadar ko‘tarilgan. Auksionda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan nusxa Jeyms Bondni quvish sahnasi uchun yaratilgan to‘qqizta modeldan biri hisobanadi. Yana bir Bowler odatdagi yo‘llar uchun mo‘ljallangan. Uchta mashina suratga olish jarayonida yaroqsiz holga kelgan, shu sababli oltita yo‘ltanlamas qolgan.

Silverstone Auctions tomonidan qo‘yiladigan narxlarni faqat taxmin qilish mumkin, biroq u arzon bo‘lmasligi aniq. Masalan, Janubiy Karolina shtatidagi Himalaya kompaniyasi kino uchun 525 ot kuchiga ega LS3 V8 dvigateli pikapni 165 ming dollarga baholagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют