» » Moskvaning “Spartak” futbol klubi xo‘jayini Leonid Fedun koronavirusga chalindi

Moskvaning “Spartak” futbol klubi xo‘jayini Leonid Fedun koronavirusga chalindi


Moskvaning “Spartak” klubi egasi Leonid Fedun shifoxonaga joylashtirildi, deya ma’lum qilmoqda klub matbuot xizmati.

Funksionerda koronavirus aniqlangan. Ayni damda u shifoxonada davolanmoqda.

“Klub Leonid Arnoldovichning tezda sog‘ayib ketishini tilaydi!”, — deyiladi “Spartak” bayonotida.

Aprel oyida Fedun koronavirusga qarshi kurash uchun 10 million rubl xayriya qilgandi.

Rossiyalik milliarder, “Lukoyl” kompaniyasi vitse-prezidentining umumiy boyligi 6 milliard dollardan oshadi. 64 yoshli Fedun Rossiyaning 200 nafar eng boy odami ro‘yxatiga kiradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют