» » Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 177 ming kishidan oshdi, kasallik qurbonlari soni 1625 kishiga yetdi

Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 177 ming kishidan oshdi, kasallik qurbonlari soni 1625 kishiga yetdi


Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirusga chalingan bemorlar soni 11 231 kishiga ko‘paydi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 177 260 kishiga yetdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Bundan avvalgi sutkalik eng yuqori ko‘rsatkich 3-may kuni qayd etilgan, o‘sha kuni 10 633 ta yangi holat aniqlangan. Undan keyingi uch kunning har birida kasallanganlarning kunlik ko‘rsatkichi 10 ming kishidan oshgan.

So‘nggi bir sutkada kasallikdan sog‘ayganlar soni 2476 kishini tashkil qilgan. Mamlakat bo‘yicha tuzalganlarning umumiy soni esa 23 803 kishiga yetgan. Kasallik oqibatida vafot etgan bemorlarning umumiy soni 1625 kishini tashkil etmoqda, so‘nggi bir kunda 88 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Yangi holatlarning soni bo‘yicha Moskva birinchi o‘rinda turibdi, shaharda bir sutkada 6703 kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, so‘nggi bir sutkada Moskva viloyatida 842 ta, Nijegorod viloyatida 312 ta, Sankt-Peterburgda 306 ta yangi holat qayd etilgan.

Avvalroq Rossiyada koronavirus kasalligi ayollarga nisbatan erkaklarda og‘irroq o‘tayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Rossiya madaniyat vazirida koronavirus aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют