» » Samarqandda 15 nafar, Toshkentda 32 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi

Samarqandda 15 nafar, Toshkentda 32 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni 1624 nafarga yetdi


Samarqand viloyatida 15 nafar, Toshkent shahrida esa 32 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bergan.

Samarqandda tuzalganlarning 10 nafari Toyloq tumanidan, 2 nafari Oqdaryo tumanidan, Payariq, Pastdarg‘om tumanlari va Samarqand shahridan 1 nafardan ekani ma’lum qilindi. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Tuzalganlarning eng yoshi kattasi 65 da, yoshi kichigi esa 2020-yilda tug‘ilgan chaqaloq ekani aytildi.

Samarqand viloyatida shu paytga qadar 37 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 52 nafarga yetdi.

Toshkentda esa Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 19 nafar hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 6 nafar, jami 32 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayol, 5 nafari Toshkent shahridan 1 nafardan bemor mos ravishda Samarqand va Toshkent viloyatlaridan.

Ularning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Turkiyadan charter reysda kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2 yoshda ekani aytilgan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 9 nafari Toshkent shahridan, Andijon va Xorazm viloyatlaridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 6 nafari Rossiyadan, 1 nafari Turkiyadan hamda 2 nafari Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 10 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlardan 9 nafari erkak, 10 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 81 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 8 yoshda bo‘lgan.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning esa 3 nafari Toshkent shahridan, Namangan, Sirdaryo va Toshkent viloyatlaridan esa 1 nafardan. Ularning 1 nafari Turkiyadan, yana 1 nafari Qozog‘iston Respublikasi orqali Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 4 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 da, eng kichigi 19 yoshda ekani ma’lum qilindi.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 468 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 500 nafarni tashkil qilmoqda.

2020-yil 7-may soat 16:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 47 taga ko‘paygan va 1624 nafarga yetgan.

O‘zbekistonda 15-martdan buyon 7-may soat 10:00 holatiga ko‘ra COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2266 kishiga yetgan, 10 kishi esa infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют