» » O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Qozog‘istonga yetib bordi

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Sardoba toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Qozog‘istonga yetib bordi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari toshqin oqibatlarini bartaraf etishda yordam berish uchun Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumaniga yetib bordi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

205 nafar xodim o‘zlari bilan turli xil texnika — o‘t o‘chirish mashinalari, ekskavatorlar, traktorlar, suv nasoslari, yuk tashish mashinalari va fuqarolarni tashish uchun avtobuslar olib borgan.

“Qo‘shni davlatdan kelgan ishchi guruh toshqin suvlarini tortib olishga, kanallarni oqizishga va to‘g‘onlar qurishga yordam beradi. Shuningdek, ular uy-joy qurilishida ishtirok etadi”, — deyilgan xabarda.

7-may kuni Qozog‘iston IIV FVQ barcha kuch va vositalarini Orgebas posyolkasidagi suvlarni chiqarib olishga yo‘naltirgan. Chunki boshqa aholi punktlarida to‘plangan suvlar aynan ushbu posyolkaga oqib kelmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 1,38 million kub metrdan ortiq suv nasoslar yordamida chiqarib tashlangan.

Nurliyo‘l, Jannatturmush, Jenis, Do‘stlik qishloqlarida ham suvni chiqarib tashlash bo‘yicha, shuningdek, aholining shaxsiy buyumlari, hujjatlari va mulklarini evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.

Qutqaruv-qidiruv ishlariga 1308 kishi, 220 ta texnika, 15 suzuvchi vosita, 46 ta motopompa jalb etilgan.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 1-may kuni erta tongda Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori to‘g‘onlaridan biri yorilib ketgan edi. Viloyatdagi bir necha qishloq, shu jumladan, Qozog‘iston janubidagi hudud suv ostida qoldi. Ikki mamlakatda umumiy hisobda 120 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi texnogen ofat tufayli Qozog‘istonning janubiy qismidagi hududlar ham zarar ko‘rgani, O‘zbekiston hukumati mazkur ofat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘shni davlat bilan yaqindan hamkorlik qilishini aytib o‘tgandi.

To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют