» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2269 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 2269 nafarga yetdi


O‘zbekistonda 7-may soat 18:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 3 kishiga oshib, kasallanganlar 2269 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Avvalroq O‘zbekistonda 7-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni 2266 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi.

Kasallanish holatlari soni kamayib, epidemiologik vaziyat barqarorlashib borayotgani munosabati bilan, O‘zbekiston hukumat karantin choralarini yumshatishga qaror qilgan, mamlakat hududlari “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratilgan.

Mavzuga doir: “Vaziyat yomonlashsa, karantin choralarini qayta tiklaymiz”. Shavkat Mirziyoyev karantin cheklovlarining bosqichma-bosqich yumshatilishi haqida

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 10 nafari vafot etdi, 1624 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 706 kishi davolanishda qolmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют