» » Instagram’dagi eng ommabop superkar nomi e’lon qilindi

Instagram’dagi eng ommabop superkar nomi e’lon qilindi


Superkarlarning Instagram’da ommabopligi bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Ma’lum bo‘lishicha, Instagram yulduzlarining eng sevimli superkari Lamborghini Aventador. Ijtimoiy tarmoqda avtomobilning 3 597 431 ta surati joylangan.

Reytingning birinchi beshtaligiga 2 789 616 va 1 375 998 ta eslatishlar bilan Lamborghini Huracan va Gallardo ham kiritilgan.

Ijtimoiy tarmoqda ommaboplik reytingining dastlabki beshtaligiga Audi R8 va Ferrari 458 avtomobillari ham kirgan.

Reytingdan hammasi bo‘lib 30 ta avtomobil joy olgan. Ularning orasida Bugatti Veyron, Chiron, Pagani Huayra, ishlab chiqarish Dodge Viper, Koenigsegg Agera, Bugatti Divo, Maserati MC12 avtomobillari ham bor.

O‘ttiztalikka 52 015 ta eslatish bilan Aston Martin DBS Superleggera yakun yasagan.

Mutaxassislar reytingni tuzish uchun avtomobil necha marta eslatilganini ikkita ommabop xeshteg bo‘yicha sanab chiqdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют