» » Avstraliyada besh yoshli bola singlisini kenguruning hujumidan qutqardi va og‘ir jarohat oldi (foto)

Avstraliyada besh yoshli bola singlisini kenguruning hujumidan qutqardi va og‘ir jarohat oldi (foto)


Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatida yashovchi besh yoshli Kuper Xayns singlisini bir yarim metrli kenguru changalidan qutqardi, deb xabar beradi The Mirror.

Qayd etilishicha, bola og‘ir jarohatlar olgan.

Kuper va uning uch yoshli singlisi Jorjiya uy oldida o‘ynayotgan edi. Kutilmaganda hovliga kirgan kenguru qizchaga tashlangan.

Kuper singlisini to‘sib, baqira boshladi. Kenguru bolani yiqitib, uning ustiga sakragan.

Bolalarning onasi uyda bo‘lgani uchun darhol chiqib, vaziyatga aralashgan. U kenguruni tayoq bilan quvib yuborgan.

Kuper boshi, qo‘li va tanasining boshqa joylaridan jarohat olgan. Avval kirishuvchan bo‘lgan bola ushbu hujumdan keyin deyarli hech kim bilan gaplashmayapti.

Mavzuga doir: Amerikada 5 yoshli bola ota-onasining mashinasini haydab chiqib, o‘ziga Lamborghini xarid qilishga yo‘l oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют