» » Yunusobodda “poyga o‘ynagan” Mercedes avtobuslari bir-biri bilan to‘qnashdi (foto)

Yunusobodda “poyga o‘ynagan” Mercedes avtobuslari bir-biri bilan to‘qnashdi (foto)


Yunusobod tumanida, MegaPlanet savdo majmuasi yaqinida bir-biri bilan “poyga o‘ynab, bahslashgan” avtobuslar oxir-oqibat yo‘l-transport hodisasini sodir etdi.

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, hodisa 18-aprel, seshanba kuni ertalab yuz bergan. Guruhda to‘qnashuv oqibatlari aks etgan suratlar e’lon qilingan.

Xabarga ilova qilingan suratlarda avtobuslarning oynalari sinib ketgan va oyna siniqlari yo‘lovchilarning o‘rindiqlari ustiga tushganini ko‘rish mumkin. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Qayd etishlaricha, to‘qnashuv 60- va 72-yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan avtobuslar ishtirokida yuz bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют