» » Gruziya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijliklar uchun chegaralarni ochishni rejalashtirmoqda

Gruziya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijliklar uchun chegaralarni ochishni rejalashtirmoqda


Gruziya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijlik sayyohlarning mamlakatga kirishiga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariyaga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi mamlakatda 15-iyungacha ichki turizmning qayta tiklanishini ko‘zda tutadi. Gruziya 1-iyuldan boshlab xorijiy sayyohlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda. Shu sanaga borib, quruqlik chegaralari ochilishi va aviaparvozlar boshlanishi taxmin qilinmoqda.

Hukumat rahbarining qayd etishicha, mamlakat xavfsizlik choralariga amal qilgan holda sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak.

Gaxariyaning ma’lum qilishicha, 11-mayda Tbilisida barcha transport vositalari harakatiga ruxsat etiladi, 15-may kunidan esa mamlakat poytaxtidan qo‘shni Rustavi va Gardabani shaharlariga borish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 11-may kuni Gruziyada barcha ishlab chiqarish korxonalari va do‘konlar ochiladi. Yirik savdo markazlari va kiyim-kechak do‘konlar esa yopiqligicha qoladi.

Gruziya hukumati 15-aprel kuni mamlakatning to‘rtta yirik shahri — Tbilisi, Rustavi, Kutaisi va Batumiga kirish-chiqishni taqiqlagan. Kutaisi va Batumi shaharlarida cheklovlar 5-may kuni bekor qilingan.

Gruziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 615 kishiga yetgan. To‘qqiz kishi kasallik oqibatida vafot etgan, 275 kishi kasallikdan tuzalgan.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyada 17-apreldan boshlab yengil avtomobillarda harakatlanish vaqtincha taqiqlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют