» » O‘zbekistonda 8-may kuni kechga borib yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 8-may kuni kechga borib yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” 8-may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning aksariyat hududlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi kuchayishi kutilmoqda. Faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют