» » Pokistonda 8-maydan boshlab izolyatsiya rejimi bekor qilinadi

Pokistonda 8-maydan boshlab izolyatsiya rejimi bekor qilinadi


Pokiston hukumati 8-maydan boshlab mamlakatda izolyatsiya rejimini bekor qiladi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Biz buni bosqichma-bosqich qilamiz, chunki ko‘plab odamlar qiyinchiliklarga duch kelmoqda, biz bu rejimni davom ettira olmaymiz”, — deb ma’lum qilgan mamlakat bosh vaziri Milliy muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida.

Imron Xonning ma’lum qilishicha, hukumat mamlakatni uzoq vaqt davomida yopiq holda saqlay olmaydi, eksport hajmi tushib ketgan. Mamlakatda resurslar cheklangan va ular odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflangan. “Biz izolyatsiyadan jabrlangan barchaga yordam bera olmaymiz”, — deya ta’kidlagan bosh vazir.

Bosh vazir koronavirusni yuqtirib olish xavfi saqlanib qolayotganini qayd etgan va aholini hukumatning ko‘rsatmalariga amal qilishga chaqirgan.

Pokiston hukumati qurilish bilan bog‘liq barcha sohani ochishga qaror qilgan. Shuningdek, po‘lat quyish, alyuminiy zavodlari va boshqa ishlab chiqarish sexlari ham ochiladi. Bozorlar haftada besh kun soat 17:00 gacha ishlaydi. Temiryo‘l va aviatqatnovlarga qo‘yilgan cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonda 24 mingdan ortiq kishi koronavirusga chalingan, 6,4 ming kishi kasallikdan xalos bo‘lgan, 564 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют