» » Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 461 kishiga yetdi

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 461 kishiga yetdi


Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 7-may kuni 82 nafarga ko‘payib, 461 kishiga yetdi. So‘nggi bir sutkada to‘rt nafar bemor COVID-19 kasalligidan vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Tojikistonda 6-may kuni koronavirusga chalinganlar soni 379 kishini, qurbonlar soni esa sakkiz kishini tashkil qilgan. 7-may holatiga ko‘ra, mamlakatda kasallanganlar soni 461 kishiga yetgan, kasallik oqibatida qurbon bo‘lganlar 12 kishini tashkil qilmoqda.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 7-may kuni kechki payt holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha 4205 kishi tibbiy muassasalarda kuzatuvga olingan. So‘nggi bir sutkada 345 kishiga ahvolining qoniqarli bo‘lgani sababli kasalxonalardan uyiga javob berilgan.

Mavzuga doir: Emomali Rahmonning davolanish uchun Germaniyaga ketgani haqidagi xabarlar rad etildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют