» » O‘zbekiston Milliy bog‘ida Adiblar xiyoboni barpo etiladi

O‘zbekiston Milliy bog‘ida Adiblar xiyoboni barpo etiladi


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida Adiblar xiyobonini barpo etiladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 18-aprel kuni imzoladi.

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Hamid Olimjon haykali, G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan G‘afur G‘ulom haykali va O‘zbekiston davlat san’at muzeyi yonidagi xiyobonda o‘rnatilgan Zulfiya haykali Adiblar xiyoboniga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Sharafiddinov, O‘zbekiston xalq shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmualarini barpo etish bo‘yicha ijodiy tanlov e’lon qilinadi.

1991-yili Milliy bog‘ hududida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning haykali barpo etilgan. Ushbu hududda O‘zbekiston xalq yozuvchilari Abdulla Qahhor (2007-yilda), Oybek (2010), Said Ahmad va shoira Saida Zunnunova (2013) xotiralariga bag‘ishlab yodgorlik majmualari o‘rnatilgan.

Bog‘da O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi uchun zamonaviy yangi bino quriladi. Shu hududda joylashgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati ko‘rgazmasi binosi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tasarrufiga o‘tkaziladi va bu yerda doimiy ravishda kitoblar ko‘rgazmalari va taqdimotlari, turli adabiy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.

Qaror Milliy bog‘ni “xalqimiz, avvalambor, yoshlarimizning madaniy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladigan go‘zal va betakror maskanga aylantirish”ga yo‘naltirilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют