» » Shavkat Mirziyoyev: “Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaro karantinga olingan”

Shavkat Mirziyoyev: “Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaro karantinga olingan”


Shavkat Mirziyoyev 7-may, payshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi boshida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

“Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda. Bugunga kelib unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming afsuski, ularning 265 ming nafari olamdan o‘tdi.

O‘zbekistonda kasallikka chalinganlar soni 2 ming 269 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 1 ming 624 nafari yoki 72 foizi sog‘aydi. Ayni paytda shifoxonalarda 635 nafar bemor davolanmoqda. Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaromiz karantinga olingan.

Biz juda katta kuch sarflab, ko‘p sa’y-harakatlar, xalqimizning ko‘magi va chuqur tushunishi, sabr-toqati bilan O‘zbekistonda bu ofatni jilovlab turibmiz. Lekin baribir juda ham ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan karantin qoidalariga to‘liq amal qilishimiz shart. Bu xavf butun dunyoda butunlay bartaraf etilmas ekan, xotirjamlikka berilishga aslo haqimiz yo‘q.

Respublikamizda epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan foydalanib, virusdan xoli hududlarda iqtisodiyotni yurg‘izib yuborish va odamlarni daromad bilan ta’minlash maqsadida karantin talablarini asta-sekin yumshata boshladik. Bunda biz aholining karantindagi turmush sharoitini yaxshilash uchun ularning ko‘plab murojaatlarini ham inobatga oldik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют