» » Shavkat Mirziyoyev “yashil” viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasi o‘zgartirilmasligi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev “yashil” viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasi o‘zgartirilmasligi haqida gapirdi


Shavkat Mirziyoyev 7-may, payshanba kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib, “yashil”, “qizil” va “sariq” hududlarga bo‘lgan holda karantin cheklovlarini yengillashtirishda e’tibor qilish zarur bo‘lgan jihatlarga to‘xtaldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘tgan selektorda berilgan topshiriqqa muvofiq, Respublika komissiyasi tomonidan 8-maydan boshlab, infeksiya aniqlanmagan yoki bemorlar to‘liq sog‘aygan Navoiy, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari ‘yashil’, oxirgi 14 kunda virus aniqlanmagan, lekin davolanayotgan bemorlar bo‘lgan Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri ‘sariq’, doimiy ravishda infeksiya aniqlanayotgani uchun boshqa hududlarning barchasi ‘qizil’ toifali hudud deb e’lon qilindi.

Shuningdek, mintaqalarning toifasiga qarab, ruxsat etiladigan xizmat turlari ham aniq va tushunarli qilib belgilab berildi. Albatta, ‘yashil’ hududlarda ko‘proq, ‘sariq’da kamroq, ‘qizil’da cheklangan sondagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Takror va takror aytaman, jahonda, ayniqsa, biz yaqin hamkorlik qiladigan davlatlarda pandemiya tobora kuchayib borayotganini, bu holat bizga ham katta xavf solishi mumkinligini aslo unutmasligimiz kerak. Shu sababli barchamizdan hushyorlikni yanada oshirish talab etiladi. Bu borada faoliyatini umuman to‘xtatmagan korxonalarda ham, o‘z ishini qaytadan boshlashga ruxsat berilgan sohalarda ham virusga qarshi kurashish bo‘yicha cheklovlar so‘zsiz bajarilishi kerak.

Yana bir bor takrorlayman, har birimiz karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib, o‘zimiz, yaqinlarimiz va xalqimizning sog‘lig‘ini himoya qilish uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz zarur va shart.

Shu bilan birga, ‘sariq’ va ‘qizil’ toifadagi viloyatlarda kasallik umuman aniqlanmagan tumanlar ham borligini inobatga olish lozim. Xuddi shunday, ertaga ‘yashil’ viloyatdagi biror-bir tumanda kasallik aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirish shart emas”, — dedi Prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Respublika maxsus komissiyasiga hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash bo‘yicha topshiriq bergan.

Mavzuga doir:

Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin iqtisodiy hamkorlik va koronavirusga qarshi kurash masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev: “Xorijdan qaytgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 45 ming fuqaro karantinga olingan”

O‘zbekistonda 15-martdan buyon koronavirusga chalinganlarning soni 2 ming 200 nafardan oshib ketgan, bemorlarning 10 nafari vafot etdi, COVID-19’dan tuzalganlar soni esa 1 ming 600 nafardan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют