» » 100 mln yevrolik Messi, top-10 ni egallagan ispanlar. 2010-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)

100 mln yevrolik Messi, top-10 ni egallagan ispanlar. 2010-yilning eng qimmatbaho futbolchilari (foto)


Transfermarkt portali 2010-yilning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatini yodga oldi va ulardan tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etdi.

Ro‘yxat yetakchilari Lionel Messi (100 million yevro) va Krishtianu Ronaldu (90) orasidagi narx farqi 10 millionga yetadi. “Barselona”ning o‘sha vaqtdagi yulduzlari Xavi va Andres Inyesta keyingi pog‘onalarni band etgan. Ispaniya terma jamoasining JCh—2010 musobaqasidagi chempionligi top-10 likdagi futbolchilar narxiga katta ta’sir o‘tkazadi. Kuchli o‘nlikning teng yarmi Jahon Chempionlari bilan band bo‘ladi.

2010-yilning eng qimmat o‘n futbolchisi:

1. Lionel Messi — 100 million yevro

2. Krishtianu Ronaldu — 90 million yevro

3. Xavi — 65 million yevro

4. Andres Inyesta — 60 million yevro

5. Kaka — 60 million yevro

6. Fransesk Fabregas — 55 million yevro

7. Ueyn Runi — 55 million yevro

8. David Vilya — 50 million yevro

9. Fernando Torres — 50 million yevro

10. Frank Riberi — 50 million yevro

To‘liq ro‘yxat:

2010-yilning eng qimmat futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Iker Kasilyas (35 million yevro);

Himoyachilar: Jon Terri (35), Rio Ferdinand (35), Nemanya Vidich (35);

Yarim himoyachilar: Fransesk Fabregas (55), Xavi (65), Kaka (60), Andres Inyesta (60), Lionel Messi (100);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (90), Ueyn Runi (55).

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют