» » Angliyadagi kasalxonada Benksining pandemiyaga bag‘ishlangan kartinasi paydo bo‘ldi

Angliyadagi kasalxonada Benksining pandemiyaga bag‘ishlangan kartinasi paydo bo‘ldi


Ko‘cha suratlari rassomi Benksi o‘zining Instagram’dagi sahifasiga yangi kartinasini joylashtirdi. U Angliyaning Hempshir grafligidagi Sautgempton shifoxonasida paydo bo‘lgan, deb yozadi BBC News.

O‘lchami bir kvadrat metrga teng moxonrom polotnoda kombinezon va futbolka kiygan bolakay O‘rgimchak odam va Betmen o‘yinchoqlari yotgan idish yonida o‘tiribdi. Bolakayning qo‘lida hamshira ko‘rinishidagi o‘yinchoq bo‘lib, u xuddi Supermen kabi qo‘llarini yuqoriga ko‘tarmoqda. Hamshiraning kostyumida qizil xoch tasvirlangan — bu kartinadagi yagona rangli detal.

Rassom shifoxona xodimlariga xat qoldirgan: “Qilayotgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Umid qilamanki, bu faqatgina oq-qora rangda bo‘lsa ham, bu joyni biroz ruhlantiradi”.

Kartina kuzga qadar shifoxonada osig‘liq turadi, shundan so‘ng u auksion orqali sotilib, pullar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatiga yo‘naltiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevralida Benksi chizgan surat Sotheby’s auksionida bir million funtga sotilishi bilan o‘zini o‘zi yo‘q qilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют