» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qariyb 55 mlrd so‘m mukofot puli to‘landi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga qariyb 55 mlrd so‘m mukofot puli to‘landi


Moliya vazirligi Respublika bo‘yicha koronavirusga qarshi kurash tadbirlari uchun jalb qilingan xodimlarga maxsus rag‘batlantirish va har kunlik qo‘shimcha to‘lovlarning to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 7-may holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi kurashayotgan 15 ming 825 nafar tibbiyot xodimlariga 54,9 milliard so‘m to‘langan.

Prezidentning “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan.

Shuningdek, Prezident qarori bilan koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan, zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan:

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov olgan xodimlar soni 14 ming 301 nafarni tashkil etadi. Ularga jami 22 milliard 832 million so‘m mablag‘ sarfllangan. Shuningdek, 1 524 nafar tibbiyot xodimi 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovini olgan. Ularga 32 milliard 48 million so‘m sarflangan.

Quyidagi havolada vazirlik mukofot pullari taqsimoti viloyatlar, tumanlar va hatto, kasalxonalar kesimida batafsil bayon qilingan.

Mavzuga doir: Moliya vazirligi: Koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlariga belgilangan ustama va qo‘shimcha to‘lovlar vaqtida o‘tkazib berilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют