» » O‘zbekiston valyuta bozorida nima gap? Aprel oyida dollar kursi nega keskin ko‘tarildi?

O‘zbekiston valyuta bozorida nima gap? Aprel oyida dollar kursi nega keskin ko‘tarildi?


2020-yilning yanvar-aprel oylarida ichki valyuta bozoridagi holat barcha segmentlarda xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif hajmining o‘sishi sharoitida shakllandi. Bu haqda Markaziy bankning ichki valyuta bozori bo‘yicha qisqacha sharhida keltirib o‘tildi.

Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 5,4 milliard dollarni tashkil etib, 2018 va 2019-yillarning tegishli davrlariga nisbatan mos ravishda 1,8 va 1,3 barobarga o‘sdi:

Chet el valyutasiga bo‘lgan talab

2020-yilning dastlabki 4 oyi davomida yuridik shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan talabi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga o‘sib, 4,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu davrda birjadan tashqari valyuta bozorida xo‘jalik subyektlari tomonidan 1,6 milliard dollar miqdorida chet el valyutasi sotib olingan bo‘lsa, valyuta birjasidagi operatsiyalar hajmi 3,1 milliard dollarni tashkil etdi:

Сhet el valyutasi quyidagi maqsadllarda sotib olingan:

Ichki valyuta bozorida chet el valyutasini xarid qilgan kompaniyalarning o‘rtacha oylik soni 6 183 tani tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 723 taga ko‘paygan.

Hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 1,5 milliard dollarni tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobar oshgan. Shu davrda jismoniy shaxslar 1 milliard 166 million dollar sotib olib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,4 barobar oshgan.

2020-yil aprel oyining so‘nggi o‘n kunligida jismoniy shaxslar tomonidan banklarga sotilgan valyuta mablag‘larining kunlik o‘rtacha hajmi 2,5 barobar o‘sib, 9,6 million dollarni tashkil etgan.

Yanvar-aprel oylari davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga 1,3 milliard dollar kelib tushgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 161 million dollarga kam.

2020-yilning aprel oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalaridan jami 250 million dollar kelib tushgan. Bu mart oyiga nisbatan 15 foizga kamdir.

Bunda, oyning oxirgi o‘n kunligida xalqaro pul o‘tkazmalarining o‘rtacha kunlik hajmi oyning birinchi va ikkinchi dekadalariga nisbatan 1,7 barobar (6,7 million dollardan 11,5 million dollar)ga oshishi kuzatilgan.

Chet el valyutasi taklifi

Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 2,7 milliard dollarni (Markaziy bankning intervensiyalarini hisobga olmagan holda) tashkil etib, 2019-yilning dastlabki to‘rt oyi ko‘rsatkichi darajasida bo‘ldi.

Kompaniyalar 1,71 milliard dollar sotgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2019-yilning mos davri darajasida bo‘ldi.

Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi prinsipiga asoslangan holda amalga oshirildi. 2020-yil boshidan Markaziy bank intervensiyalari hajmi 1,5 milliard dollarga teng bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi doirasida amalga oshirildi.

Importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘lar (konvertatsiya) ulushi 56 foizni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga importni moliyalashtirish ulushi 19 foizni tashkil etdi. 2019-yilning tegishli davrida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 55 va 21 foizga teng bo‘lgan.

Almashuv kursi dinamikasi

Milliy valyutaning almashuv kursi dinamikasi valyuta bozoridagi talab va taklifning joriy nisbatidan kelib chiqib, ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllangan.

2020-yilning I choragi davomida milliy valyuta 0,8 foizga qadrsizlandi (9501 so‘m/dollardan 9577 so‘m/dollargacha). Aprel oyida milliy valyuta devalvatsiyasi 5,8 foizga teng bo‘ldi.

Bu mart oyining oxirgi dekadasidan boshlab savdo hamkorlari bo‘lgan davlatlar valyutalari devalvatsiyasi ta’sirida kompaniyalar va aholininig devalvatsion kutilmalarning ortishi, shuningdek, ichki valyuta bozorida talab va taklif nomutanosibligi natijasida yuzaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-maydan dollarning rasmiy kursi 0,61 so‘mga tushib, 10 129,39 so‘mni tashkil qilgan edi. O‘zbekistonda ayrim banklar ham 5-maydan AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymatini tushirgan.

Mavzuga doir: Markaziy bank yaqin vaqtlarda dollar kursida qanday o‘zgarishlar kutilayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют